OK-2019ning yana bir ishtirokchisi BAAga yetib bordi + FOTO

Tolibjon Qosimov
2 yanv 2019, 14:12
5 yanvar kuni start oladigan Osiyo kubogi-2019 ishtirokchilari birin-ketin mezbon mamlakat Birlashgan Arab Amirliklariga kelishmoqda.

Kecha tunda "B" guruhi vakili Iordaniya terma jamoasi BAAning Abu Dabi shahriga yetib keldi. Vital Borkelmans bosh murabbiyligidagi iordaniyaliklar musobaqa 1-turida Avstraliyaga qarshi bahs olib borishadi. Mazkur bellashuv 6 yanvar kuni Al Ayn shahrida o'tkaziladi.

Osiyo Kubogi-2019. Iordaniyaning yakuniy ro'yxati ma'lum


Eslatib o'tamiz, Iordaniya "B" guruhida Avstraliya, Suriya va Falastin bilan bir guruhdan joy olishgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/JordanFA