OFK rasmiylari O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan uchrashdi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2018, 09:15
Bugun Changjoudagi “Olympic Mingdu International” mehmonxonasida O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi hamda OFK rasmiylari va mahalliy tashkiliy qo'mita ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda, dastlab mahalliy tashkiliy qo'mita a'zolari nomidan musobaqa koordinatori so'zga chiqdi va O'zbekiston Olimpiya terma jamoasini ushbu turnirdagi ishtiroki bilan qutladi va terma jamoaga turnirda omad tiladi. Shuningdek, musobaqa mezbonlari O'zbekiston Olimpiya terma jamoasiga Osiyo chempionati ishtirokchisi sertifikatini topshirishdi va uni Olimpiya terma jamoasi sardori Zabihillo O'rinboev qabul qilib oldi.

Shundan so'ng, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiylari O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi a'zolari bilan uchrashdi va turnirga tegishli ayrim masalalar yuzasidan suhbatlashdi.


Takidlash lozim, turnir nazoratchi hakami Olimpiya terma jamoasi vakillari bilan uchrashuv davomida, o'yin qoidalari bo'yicha, unga kiritilgan yangiliklar, feyr-pley kabi masalalar bo'yicha ma'lumot berdi. Turli roliklar orqali esa terma jamoa vakillari o'yin qoidalariga kiritilgan yangi o'zgarishlar, vaziyatlar bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com