OFK prezidenti Toshkentda

Aslanov Jasurbek
3 dek 2017, 16:25
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa 3 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi.

Bu haqda O'zbekiston futbol federatsiyasining rasmiy sayti ma'lum qildi

"Yuqori martabali mehmonni “Toshkent Xalqaro Aeroporti”da O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, federatsiya mas'ullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi. 

Tashrif doirasida OFK prezidenti bir qator rasmiy uchrashuvlar o'tkazishi ko'zda tutilgan bo'lib, ular davomida Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa yurtimizda futbolni rivojlantirish va yoshlar orasida yanada ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadi.

Shuningdek, konfederatsiya prezidenti 4 dekabr kuni “Bunyodkor” – “Lokomotiv” o'rtasida bo'lib o'tadigan O'zbekiston Kubogi final uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib borib, g'olib jamoaga Kubokni topshiradi.

OFK prezidentining yurtimizga tashrifi O'zbekiston futbol federatsiyasining Osiyo Futbol Konfederatsiyasi bilan hamkorlikdagi loyihalarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi" - deyiladi O'FF rasmiy saytida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia