OFK prezidenti Mirabror Usmonovni tabrikladi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2013
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon Ibrohim Al-Halifa O'FF prezidenti Mirabror Usmonovni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi.
OFK prezidenti O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov nomiga jo'natgan maxsus tabriknomasida shunday deydi, O'FF prezidentligiga qayta saylanganingiz bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Aminmanki, sizga berilgan ushbu vakolatdan oqilona foydalanib, o'z zimmangizdagi vazifalarni to'liq bajarasiz, - dedi OFK prezidenti.

OFK prezidenti Shayx Salmon Ibrohim Al-Halifa shu bilan birgalikda OFK hamda O'FF o'rtasidagi aloqalar bundan-da mustahkamlanishiga tilakdosh ekanligini alohida qayd etdi. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi o'rtasidagi do'stona aloqalar yanada mustahakmlanishiga chin yurakdan tilakdoshman. OFK O'zbekiston Futbol Federatsiyasini har doim qo'llab-quvvatlaydi va Osiyo Futboli rivoji yo'lida O'FF bilan hamkorlikni davom ettirishdan umidvor, - dedi Shayx Salmon o'z tabriknomasida.

Eslatib o'tamiz, 10 dekabr, seshanba kuni O'FF anjumanlar zalida Hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tgan va Mirabror Usmonov O'zbekiston Futbol Prezidientligiga qayta saylangan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com