OFK marketingni ko'tarishga harakat qiladi

Narzulla Saydullayev
25 noya 2013, 12:59
O'tgan haftaning oxirlarida OFK shtab-kvartirasida bazi masalalar bo'yicha ichki yig'ilish bo'lib o'tdi.
Bunda tashkilot rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa OFK tasarrufidagi musobaqalarni yanada rivojlantirish bo'yicha chiqish qildi.

OFK rahbari o'z nutqi davomida marketing ishlariga alohida e'tibor qaratish lozimligini ko'p bora takrorladi. “Osiyo chempionlar ligasi finalini minglab odamlar bevosita stadionda hamda TV orqali tomosha qilishdi. Biz finalni ikkita o'yindan iborat qilib, noto'g'ri qilmabmiz, chunki qiziqish pasayib qolmadi. Agar marketing sohasida ham o'sishga erishsak, tez orada o'z maqsadimizga erishgan bo'lamiz”.

OFKning marketing qo'mitasi raisi Hafiz Al Medlej esa yig'ilishda shunday deli: “Ko'proq moliyaviy foyda topish uchun hammamiz bir bo'lib ishlashimiz kerak. 2014 yil biz uchun juda muhim yil bo'ladi. Bunda katta e'tibor qita futbolida marketingni rivojlantirib olishga qaratiladi”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia