OFK Kubogi G'arb mintaqasidagi o'yinlar qayerda bo'lib o'tishi ma'lum

Xayrulla Xoliqov
6 avg 2020, 19:50
OFK Kubogining uchta guruh o'yinlari uchta mamlakatda o'tkaziladi

Bahrayn, Quvayt va Iordaniyada OFK Kubogi G'arb mintaqasining uchta guruh o'yinlari bo'lib o'tishi belgilab qo'yildi. Ushbu mamlakatlarda "A", "B", "C" guruhlari bellashuvlari davom ettiriladi.

O'yinlar 23 oktyabr kuni start oladi. "A" va "B" guruhidagi bahslarga oradan uch kun o'tib 26 oktyabrda restart beriladi. Guruh bellashuvlari 4 noyabrga qadar davom etadi. Pley-off uchrashuvlari 23-24 noyabrga belgilangan. Musobaqaning final uchrashuvi 12 dekabrda bo'lib o'tadi. 

"A" guruhi: "Al Jaish" (Suriya), "Manama Klub" (Bahrayn), "Al Ahed" (Livan), "Hilol Alquds" (Falastin). 

"B" guruhi: "Quvayt SK" (Quvayt), "Al Ansar" (Livan), "Al Vathba" (Suriya), "Al Faysali" (Iordaniya). 

"C" guruhi: "Al Qodisiya" (Quvayt), "Dofar" (Ummon), "Riffa" (Bahrayn), "Al Jazira" (Iordaniya).

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com