OFK Kubogi. Bugun "So'g'diyona" Gonkong jamoasini qabul qiladi

Aziz Tukhtamuradov
6 sen 2022
Bugun, 6 sentyabr kuni Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi OFK Kubogining hududlararo yarim finali doirasida o'yin o'tkazadi.

Ushbu bahsda jamoamizga Gonkongning "Istern" jamoasi raqiblik qiladi. O'yin soat 18:00da "So'g'diyona" markaziy stadionida boshlanadi. O'yinni kuvaytlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

championat.asia xodimlari ayni paytda Jizzaxda bo'lib turishibdi. Mazkur o'yin tafsilotlarini saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

OFK Kubogi. Hududlararo yarim final

Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 18:00

"So'g'diyona" (O'zbekiston) - "Istern" (Gonkong)

Boshlanish vaqti: 18:00

Hakamlar: Ahmad Alali, Abbos G'ulom, Yoqub Almutairi (barchasi Kuvayt).

Zaxira hakami: Ali Reda (Livan)

Translyatsiya: Futbol TV


Mavzuga aloqador: 

Jizzaxdagi stadion tarixiy o'yinga jiddiy tayyorlanmoqda

"So'g'diyona" "Istern"ga qarshi o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi GALEREYA

OFK kubogi. "Istern"ning bugungi mashg'ulotidan GALEREYA

Ulug'bek Baqoev: "Umid qilamanki, ertaga stadionimiz to'lib-toshadi"


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia