OFK kubogi. Alisher Azizov va "Dordoy" mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2017, 21:06
Bugun OFK kubogining "D" guruhida 1-turidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tdi.

Faqat marrkaziy Osiyo klublari o'rin olgan ushbu guruhdagi ilk o'yinda Qirg'izistonning "Oloy" klubi Turkmanistonning "Oltin Asr" klubini qabul qildi. Ushbu bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Ikkinchi o'yin Tojikistonda "Istiqlol" va Qirg'izistoning "Dordoy" jamoalari o'rtasida kechdi. Uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchishdi. Mehmonlar safida o'zbekistonlik Alisher Azizov 76 daqiqa harakat qilgan bo'lsa, yana bir hamyurtimiz Abdulatif Abduqodirov zaxirada qoldirildi.

Ushbu guruhdagi keyingi o'yinlar 4 aprel sanasiga belgilangan. Shu kuni Qirg'iziston derbisida "Dordoy"  "Oloy" bilan kuch sinashadi. "Oltin Asr" esa o'z uyida "Istiqlol" bilan o'ynaydi.

"D" guruhi. 1-tur
"Oloy" - "Oltin Asr" 1:2
Gollar:
Umarov 55 - Annadurdiev 43, Umarov 45+3 avtogol

"Istiqlol" - "Dordoy" 2:0
Gollar:
David Mavutor 16, Aliev Jahongir 22


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia