OFK kubogi-2021. Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi goldan keyin barchasi joyiga tushdi"

Narzulla Saydullayev
14 may 2021, 19:48
OFK kubogining 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Oloy" (4:0) uchrashuvidan keyin Ro'ziqul Berdiev va o'yinning eng yaxshi futbolchisi Shohmalik Komilov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Dastlabki 45 daqiqa davomida ko'p vaziyatlar yaratdik, biroq realizaciya oqsadi, qayerdadir sovuqqonlik yetishmadi. Goldan keyin barchasi joyiga tushdi deb o'ylayman. Yirik g'alabaga erishdik, bundan xursandmiz. Keyingi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz", - deydi Berdiev.

- Birinchi 15 daqiqalikda vaziyatlar yaratilgan bo'lsa ham, jamoa o'yin jihatidan o'ziga o'xshamadi. Bu nima bilan bog'liq?

- Hayajon bilan bog'liq deb o'ylayman. Erkin harakat qilish o'rniga bosim bilan o'ynashdi. Bu tushunarli, sababi tarkibimizda yosh futbolchilar ko'p. Agar birinchi taymda gol urib olganimizda, balki biz kutgan o'yin namoyish etilardi. Yana bir holat, o'yindan oldingi ikki kunda yomg'ir yog'di, havo salqin bo'ldi. Bugun esa juda issiq bo'ldi. Bu o'yin tempiga albatta ta’sir qildi.

"Bugungi g'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Birinchi taymda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo gol ura olmadik. Ikkinchi taymda esa o'z o'yinimizni namoyish etib gollar urdik", - deydi Shohmalik Komilov.


Tolibjon Qosimov

Dushanbe, Tojikiston


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia