2017 yil Osiyoda eng yaxshi bo'lish uchun barcha nomzodlar ma'lum, ro'yxatda o'zbekistonlik ham bor

Xayrulla Xoliqov
18 noya 2017, 13:49
Shu yilning 29 noyabr kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida OFK yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazadi.



Bugun tashkilot rasmiy sayti barcha yo'nalishlar bo'yicha eng yaxshi bo'lishga nomzodlarni ma'lum qildi.

"Osiyo orzusi" sovrini


Bu sovrin yil davomida yaxshi ishlagan federatsiyaga beriladi. OFK yil mobaynida milliy federatsiyalar ishini kuzatib boradi va yakunda ularning ishiga baho berib, eng yaxshi federatsiyani aniqlaydi.

Nomzodlar:
Xitoy futbol assotsiatsiyasi
Yaponiya futbol assotsiatsiyasi
Singapur futbol assotsiatsiyasi


"Eng yaxshi assotsiatsiya" sovrini


Bu sovrin ham eng yaxshi futbol uyushmasiga beriladi. Bunda ko'proq federatsiyalarning jamoatchilik bilan qanday ishlagani, ayollar va bolalalar futboliga qanchalik e'tibor bergani e'tiborga olinadi. Bu yil mazkur sovrin uch xil yo'nalishdan kelib chiqqan holda beriladi.

Ilhomlantiruvchi:
Eron futbol federatsiyasi
Yaponiya futbol assotsiatsiyasi
Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi

Rivojlanayotgan:
Livan futbol assotsiatsiyasi
Tojikiston futbol assotsiatsiyasi
Vetnam futbol assotsiatsiyasi

Intiluvchan:
Afg'oniston futbol assotsiatsiyasi
Guam futbol assotsiatsiyasi


"Ommaviy futbol rivojiga qo'shayotgan hissasi uchun OFK prezidenti sovrini"


Ushbu sovrin ham milliy federatsiyalarga beriladi. Faqat bunda federatsiyalarning yil davomida qanday o'quv-kurslar tashkil etgani, futbolni rivojlantirish uchun qanaqa dasturlar ishlab chiqqani hamda boshqa assotsiatsiyalar bilan qay tarzda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ygani e'tiborga olinadi.

Ilhomlantiruvchi:
Avstraliya futbol federatsiyasi
Xitoy futbol assotsiatsiyasi
Eron futbol federatsiyasi

Rivojlanayotgan:
Gokong futbol assotsiatsiyasi
Singapur futbol assotsiatsiyasi
Vetnam futbol assotsiatsiyasi

Intiluvchan:
Butan futbol federatsiyasi
Makau futbol assotsiatsiyasi


"Yilning eng yaxshi murabbiyi" sovriniga nomzodlar:


Ayollar
Gao Xong (Xitoy)
Asako Takakura (Yaponiya)
Letesia Bautista (Filippin)

Erkaklar
Ange Postekoglu (Avstraliya)
Ishii Masatada (Yaponiya)
Takafumi Xori (Yaponiya)

"Yilning eng yaxshi futzalchisi" sovriniga nomzodlar:


Aliasqar Hasanzoda (Eron)
Touhid Lutfi (Eron)
Jiravat Sornvichian (Tailand)


"Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovriniga nomzodlar


Ayollar
Samanta Kerr (Avstraliya)
Sung Xyang Sim (KXDR)
Kumagai Saki (Yaponiya)

Erkaklar
Vu Ley (Xitoy)
Omar Xrbin (Suriya)
Umar Abdulrahmon (BAA)


Tailandda berilmaydigan sovrinlar


Yana shunday yo'nalishlar borki, bunda ham g'oliblar aniqlanadi, biroq sovrin katta gala-koncertda o'z egalariga berilmaydi, faqat keyinroq taqdim etiladi. 

OFK hakamlari uchun maxsus sovrin:
Baxtiyor Namozov (O'zbekiston)


"Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" sovrini uchun nomzodlar:


Ayollar
Kim Kyong Yong (KXDR)
Sung Xyang Sim (KXDR)
Xinata Miyazava (Yaponiya)

Erkaklar
Taha Shariati (Eron)
Li Syong Vu (J.Koreya)
Paik Syong Xo (J.Koreya)


"Yilning eng yaxshi legioner futbolchisi"ga nomzodlar:


Aaron Muy (Avstraliya)
Shinji Kagava (Yaponiya)
Son Xyong Min (J.Koreya)

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com