OFK Elit CHL. "Traktorsozi" mehmonda 5 ta gol urdi, "Al Ittihod" ham yirik g'alabani tantana qildi

Aslanov Jasurbek
20 okt 2025, 23:22
OFK Elit Chempionlar ligasining 3-turi start oldi.

Dastlab Toshkent vaqti bilan 18:45da "Al Vahda" hamda "Al Duhayl" o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda BAA jamoasining qo'li baland (3:1) keldi. 21:00da esa "Sharja" - "Traktorsozi" hamda "Al Shorta" - "Al Ittihod" uchrashuvlariga start berildi. Ikkala bahsda ham mehmon jamoalar yirik hisoblarda g'alabaga erishishdi.

"Traktorsozi" sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Odil Hamrobekov ushbu bahsda zaxirada qoldi.










TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia