OFK 2018 yilning eng yaxshilarini taqdirladi. Qatarlik futbolchi eng yaxshi bo'ldi va qolgan g'oliblar

Narzulla Saydullayev
28 noya 2018
Bugun Ummon poytaxti Maskat shahrida Osiyoning 2018 yildagi eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo'lib o'tdi.

Marosim Maskat shahridagi Ummon ko'rgazmalar va konferenciyalar markazida boshlandi.


Taqdirlash marosimida quyidagi sovrinlar o'z egalariga topshirildi:

1."Osiyo Olmosi" sovrini - 
Jang Jilong (Xitoy)


2.Eng yaxshi federatsiya
Rivojlangan - Yaponiya
Rivojlanayotgan - KXDR
Rivojlanishga intilayotgan - Mo'g'uliston

3.Ommaviy futbolchini rivojlantirish bo'yicha sovrin
Rivojlangan - Xitoy
Rivojlanayotgan - Singapur
Rivojlanishga intilayotgan - Falastin

4.Yilning eng yaxshi murabbiyi (Ayollar) - 
Asako Takakura (Yaponiya)
qolgan ikki davogar: Miyo Okamoto (Yaponiya) va Nuengrutai Sratongvian (Tailand)

5.Yilning eng yaxshi murabbiyi (Erkaklar) 
- Go Oiva (Yaponiya)
qolgan ikki davogar: Bosim Hamdan (Iroq) va Ravshan Haydarov (O'zbekiston)


6.Yilning eng yaxshi futzalchisi 
- Ali Asqar Hassanzoda (Eron)
qolgan ikki davogar: Rafael Xenmi (Yaponiya) va Mahdi Javid (Eron)

7.OFK Prezidentining maxsus sovrini - "Wild Boar" (Tailand) bolalar futbol klubi hamda Yaponiyaning U-20 bosh murabbiyi Futoshi Ikeda


8.Yilning eng yaxshi futbolchisi (Ayollar) - Van Shuan (Xitoy)
qolgan ikki davogar: Samanta Kerr (Avstraliya) va Saki Kumagay (Yaponiya)

9.Yilning eng yaxshi futbolchisi (Erkaklar) - Abdulkarim Hassan ("Al-Sadd", Qatar)
qolgan ikki davogar: Kento Misao ("Kashima Antlers", Yaponiya) va Yuma Suzuki ("Kashima Antlers", Yaponiya)



Quyidagi to'rtta sovrin o'z egalariga bugun emas boshqa kun topshiriladi:
 
1.Yilning eng yaxshi hakami - Alirizo Fag'oni (Eron)


2.Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (Ayollar) - Saori Takarada (Yaponiya)
qolgan ikki davogar: 
Fuka Nagano (Yaponiya) va Moeka Minami (Yaponiya)

3.Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (Erkaklar) - Turkiy Al Ammar (S.Arabistoni)
qolgan ikki davogar: 
Yun Nishikava (Yaponiya) va Chon Se Jin (J.Koreya)

4.Boshqa qitada o'ynaydigan eng yaxshi osiyolik futbolchi - Makoto Xasebe (Yaponiya)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia