

Seminar kun bo'yi davom etdi. Uning ochilish qismida O'FF birinchi vice-prezidenti Sardor Raxmatullaev, O'zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Farhod Magometov, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan, FIFA va OFK istruktori Islom Ahmedov, O'FF boshqarma boshlig'i Shavkat Imomov, texnik bo'lim boshlig'i Olim Orifov chiqish qildilar.
Seminar dasturidan rivojlanish tendeciyalari, Jahon Chempionati-2014 tahlili, taktik tendenciyalar, futbolchilarning psixologik tayyorgarligi borasida o'quv-seminarlar, jismioniy tayyorgarlik kabi nazariy mashg'ulotlar, shuningdek, hujum va himoya, darvozabon, standart vaziyatlarga bag'ishlangan amaliy mashg'ulotlar o'rin olgan edi.
Kun yakunida fikrlar almashinuvi, savol-javoblar hamda xulosalar uchun vaqt ajratildi.
Seminarning nazariy mashg'ulotlari “Paxtakor” stadionining anjumanlar zalida o'tkazildi.



.jpg)



