Turkiyada bo'lib o'tadigan kichik mundialda Ahmadjon Musaev qo'l ostidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. 2012 yilgi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida Suriya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratib, jahonning eng kuchli 24 terma jamoasi qatoriga kirgan o'zbekistonlik yoshlar JCH-2013ning D guruhida Xorvatiya, Yangi Zelandiya va Urugvay terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zolari jahon chempionatida ishtirok etish uchun 19 iyun kuni Turkiyaga jo'nab kyetishadi. Safar arafasida - 18 iyun kuni O'FF anjumanlar zalida federatsiya rahbariyati va terma jamoa vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi. Tadbirda O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov ishtirok etadi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasini Turkiyaga kuzatishga bag'ishlangan uchrashuv 18 iyun, seshanba kuni, soat 10:00da boshlanadi. Tadbirga OAV xodimlari taklif etiladi.