O'FF prezidenti "Cementchi"ni Superligaga chiqqani bilan tabrikladi

24 noya 2017, 11:52
Quvasoyning "Cementchi" klubi 2017 yilgi birinchi ligada 1-o'rinni oldi.

Shu munosabat bilan O'FF prezidenti Umid Axmatdjanov klub prezidenti M.D. Mehmonovga tabrik yo'lladi.

Hurmatli Mo'ysinjon Dadajonovich! “Cementchi” futbol klubining ahil jamoasini futbol bo'yicha 2017 yilgi Birinchi liga musobaqalarida munosib ishtirok etgan holda Super Ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritganligi munosabati bilan samimiy tabriklayman!

2017 yilgi mavsumda chempionlik poygasi juda shiddatli va qiziqarli kechdi. Yil sayin tajriba to'plab, muxlislar mehrini qozonayotgan “Cementchi” futbol klubi Birinchi liga chempioni bo'lganligi e'tiborga loyiqdir.

Umid qilaman, “Cementchi” yutuqlar pillapoyasida yuqori ko'tarilishida davom etib, 2018 yilgi O'zbekiston Super Ligasida sermahsul o'yin ko'rsatadi hamda chempionlik uchun kurashda etarlicha raqobat ko'rsata oladi.

Hurmat bilan, O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti U.Axmatdjanov

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia