O'FF kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish va boshqa bo'linmalarga mutaxassislar qidirmoqda

Narzulla Saydullayev
15 noya 2017, 17:07
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi va Professional Futbol Ligasi quyida keltirilgan boshqarma va bo'limlarga tanlov asosida mutaxassislar ishga taklif qiladi:

- Yuridik bo'lim;
- Xalqaro aloqalar boshqarmasi;
- Xavfsizlik boshqarmasi;
- Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish bo'linmasi; Kadrlar boshqarmasi;
- Ilmiy-uslubiy taminot bo'limi;
- Moliya-iqtisod boshqarmasi;
- Buxgalteriya;
- Bolalar-o'smirlar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish boshqarmasi;
- Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi;
- Terma jamoalar boshqarmasi;
- PFL Sport bo'limi;

Nomzodlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:

- soha bo'yicha ma'lumotga ega bo'lishi;
- futbol va sport sohasidagi strukturadagi ish tajribasi;
- futbol va sport sohasidagi meyoriy xujjatlar haqida bilimga ega bo'lishi;
- xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilishi;
- kompyuter va internetdan samarali foydalanish, prezentaciyalarni tayyorlashni o'zlashtirgan bo'lishi;
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida doimiy ro'yxatdan o'tgan bo'lishi;

Nomzodlar o'zi haqidagi ma'lumotnoma (rezyume)ni info@the-uff.com elektron pochta manzili yoki +99871 230-90-51 faksga yuborishlari kerak. Komissiya tomonidan saralab olingan nomzodlarga tashkiliy qo'mita tomonidan xabar beriladi va suhbatga taklif etiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com