O'FF Dilshod Nuraliev borasida rasmiy bayonot berdi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2017
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev o'z vazifasidan ozod etildi.
Bu haqda O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov O'zbekiston o'smirlar termasining Osiyo chempionatiga saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin bugun, 27 sentyabr kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

“Dilshod Nuralievning arizasini ham oldik, u kishi ishdan ketdi. Ko'p narsaga Dilshod Nuraliev sababchi. Har bir futbolchini ham o'rganib chiqyapmiz. Qayerdan kelgan, nima uchun bu musobaqaga borgan. Bundan keyin bunday holatlar takrorlanmaydi. Musobaqalarga til biladigan mutaxassislar safarda yuboriladi”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatiga saralash bosqichidan o'ta olmagandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com