O'FF Aleksandr Shadrinning oila a'zolari va yaqinlariga taziya bildiradi

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2014, 11:20
22 iyun kuni tongda O'zbekiston terma jamoasi va Toshkentning Lokomotiv klubi hujumchisi Aleksandr Shadrin 26 yoshida olamdan o'tdi.
O'zbekistonning eng istedodli futbolchilari qatorida tilga olinadigan Aleksandr Shadrin so'nggi bir necha oy davomida oshqozoni bilan bog'liq xastalik bilan kurashib keldi. Afsuski, futbolchi bu kurashni engib o'ta olmadi va 26 yoshida olamdan o'tdi.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Aleksandr Shadrinning bevaqt o'limi sabab futbolchining oila a'zolariga va yaqinlariga chuqur taziya izhor qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com