O'FA vice-prezidenti FIFA sammitida ishtirok etdi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2018
Ummon poytaxti Maskat shahrida FIFAning navbatdagi sammiti bo'lib o'tdi. Sammitda FIFA prezidenti Janni Infantino, mutassaddilar va FIFAga a'zo futbol assotsiatsiyalar vakillari ishtirok etishdi.

Sammitda ko'rilgan asosiy masalalar FIFAning “Forward” loyihasi, Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining tashkiliy ishlari va transferlar bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga yo'l olgani tufayli FIFA sammitida O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining vice-prezidenti Shoakrom Isroilov ishtirok etdi.

Shoakrom Isroilov sammit doirasida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashib, unga Umid Ahmadjonovning salomini etkazdi. Shuningdek, O'zbekistonda futbolni yangi pog'onaga olib chiqish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish uchun FIFA prezidentini O'zbekistonga taklif qildi.

Janni Infantino bu taklifni bajonudil qabul qilib, tez orada O'zbekistonga borishga vada berdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com