O'FA PFL o'yinlarining namoyish huquqini sotishga qaror qildi

Narzulla Saydullayev
26 may 2020, 14:22
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Professional futbol ligasi bayrog'i ostida o'tadigan uchrashuvlarning real vaqt rejimi (internet onlayn shakl) dagi audiovizual huquqlarini olish uchun translyator va telekommunikacion kompaniyalar, shuningdek sport huquqi sohasidagi agentliklar o'rtasida tender e'lon qiladi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi FIFA hamda OFK normalari asosida o'tkaziladigan musobaqalar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning tashkilotchisi sifatida audiovizual huquqlariga bevosita egalik qiladi.

Tendyerda ishtirok etish niyatida bo'lgan kompaniyalar 2020 yil 5 iyun kuni (soat 18:00) ga qadar rasmiy so'rov yuborishlari talab etiladi. Murojaatlar marketing@ufa.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Belgilangan muddat yakuniga etgach tendyerda qatnashish istagini bildirgan barcha kompaniyalarga audiovizual huquqlarning qay tartibda taqdim etilishi batafsil ma'lum qilingan rasmiy hujjatlar jo'natiladi, - deb xabar bermoqda O'FA rasmiy sayti

Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda Superliga bahslarini namoyish etishi uchun PFL MTRKga pul to'lab kelayotgan edi. Jahonda esa aksincha telekanallar chempionat o'yinlarini namoyish etish huquqini sotib olishadi. Endi bizda ham shunday bo'lishi kutilmoqda. 


Alisher Nikimbaev: "O'FF XXI boshida oliy liga o'yinlarini translyatsiyasi orqali yiliga 100 ming dollar ishlab topardi"

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia