O'FA “Navbahor”va “Bunyodkor” klublarini 500 million so'm jarimaga tortdi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2018
O'FA Ijroqo'mi Qarorini buzganligi uchun “Navbahor”va “Bunyodkor” klublari jarimaga tortildi.

Xabaringiz bor,  O'zbekiston futbol federatsiyasi Ijroiya qo'mitasi Byurosi qarori asosida “Navbahor-Lochinlari” futbol klubi futbolchisi Oybek Qilichev bir yil muddatga, “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Dilshod Ahmadaliev esa butunlay futboldan chetlatilgandi. Ammo shunga qaramay nomlari yuqorida tilga olingan futbolchilar o'z klublari tarkibida o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib yurgani ma'lum bo'ldi.

 O'zbekiston futbol federatsiyasi Ijroiya qo'mitasi Byurosi qarorlarini buzganligi uchun Ijroqo'm Byurosining 2018 yil 21 fevraldagi 6-sonli Qaroriga ko'ra “Navbahor-Lochinlari” hamda “Bunyodkor” futbol klublarining har biriga 500 million so'm miqdorida jarima solindi.

Agar bunday holat yana takrorlanadigan bo'lsa, bundan-da qatiy jazolar qo'llanilishi belgilab qo'yildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com