O'FA Ijroiya qo'mitasiga besh nafar yangi a'zo saylandi

Narzulla Saydullayev
25 dek 2021, 14:09
Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo'lib o'tdi.

Kongress davomida O'FA Ijroiya qo'mitasi a'zoligiga besh nafar yangi a'zo tasdiqlandi:

• O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi Shaabduraxmonov Rustam Mavzurovich,
• O'zbekiston Respublikasining Turizm va sport vaziri birinchi o'rinbosari Karimov Avaz Qudratullaevich,
• “O'zbekneftgaz” Akcioner Jamiyati Boshqaruv raisi Abdullaev Mehriddin Razzoqovich,
• O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kamilov Kozimjon Fozilovich,
• O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Xodjaev Alisher Jo'rakulovich.


Eslatib o'tamiz, undan oldin Unda O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Odil Ahmedov O'FA vice-prezidenti va O'FA Ijroiya qo'mitasiga saylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia