Odilov va Yo'ldoshev "Neftchi"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi

Оқил Абдубарноев
17 may 2026, 00:44
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Alisher Odilov va himoyachisi Ibrohim Halil Yo'ldoshev "Neftchi"ga qarshi nazorat o'yini (3:0) haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Havo haroratining yuqoriligi tufayli o'yin biroz qiyin bo'ldi. Ikki jamoa ham yuklama bilan o'ynadi. Vaziyatlar yuzaga keldi. "Neftchi" vaziyatlardan foydalana olmadi. Umuman olganda, tengma-teng o'yin bo'ldi. Mundialga tayyorgarlik a'lo darajada o'tyapti. Sababi, yuklamalar juda yuqori. Shu tempda davom etsak, jahon chempionatida yaxshi ishtirok etamiz", dedi Odilov.

"Qiyin o'yin bo'ldi. "Neftchi" ancha qiyinchilik yaratdi. Yig'inda jismoniy va taktik ishlanmalarga urg'u berilyapti. Jahon chempionatidagi raqiblar kuchli. Terma jamoaga saralangan futbolchilar chaqiriladi. Sog'lom raqobat bo'lishi kerak", dedi Yo'ldoshev.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати