

- Avvalo qo'qonlik muxlislarni ajoyib g'alaba bilan tabriklayman. O'yin borasida nima deyishim mumkin. Bir kishi kam bo'lib qolgach, o'yinimizda pasayish sezildi. Birinchi bo'limda bir qator vaziyatga ega bo'ldik. Lekin ulardan foydalana olmadik. Lekin tan olish kerak bugun “Qo'qon-1912” jamoasi yaxshi o'yin ko'rsatdi. Jamoamiz xususida aytadigan bo'lsak, vaziyatni o'zgartirish uchun imkoniyatimiz etarli deb o'ylayman.




