Dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'inida o'tgan mavsumda jamoa sharafini himoya etishgan futbolchilarning barchasi jam bo'lishdi.
Tarkibda bazi juziy o'zgarishlar bor. Jumladan, himoyachi Odil Isaboev futbolchilik faoliyatini yakunladi. Klub rahbariyatining taklifiga binoan u endilikda yoshlar tarkibini shug'ullantiruvchi murabbiylar safida mehnat qilishi kutilyapti. Shuningdek, Umid Tojimov hamda Jasur Boboev yig'in o'tkazayotgan tarkibda yo'q. Ularning boshqa jamoaga o'tayotganligi ma'lum bo'ldi. O'z navbatida asosiy tarkib yig'inida yoshlar jamoamizda faoliyat yuritayotgan 4-5 nafar futbolchi ishtirok etishyapti. Ulardan kimlar asosiy tarkibga loyiq ekanligi keyingi yig'inlarda ma'lum bo'ladi.
Bu hafta yig'inda qatnashayotgan futbolchilarning barchasi tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Ularning jismoniy va ruhiy holati qoniqarli holatda. Keyingi haftadan mashg'ulotlar bosimi oshirib boriladi va jamoa har kuni ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishga kirishadi.