Odil Ahmedovning sobiq jamoadoshi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 mar 2016, 15:18
Ayni damda "Marsel" sharafini himoya qilayotgan, O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov bilan "Anji"da birga to'p tepgan Lassana Diarra faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, PSJ vakillari Diarra va "Marsel" rahbariyati bilan uchrashishgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.
Diarra 2015 yilning yozida erkin agent sifatida "Marsel"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal+