Odil Ahmedov "Seltik"ka gol urdi, biroq "Krasnodar" mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2014, 08:27
Avstriyada yig'in o'tkazayotgan "Krasnodar" klubi kecha Shotlandiyaning 45 karra chempioni "Seltik" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Bahsda Shotlandiya klubi 3:1 hisobida zafar quchdi. Rossiya klubi safidagi yagona golga hamyurtimiz Odil Ahmedov mualliflik qildi. U 20-daqiqada raqib himoyachilarining xatosidan so'ng to'pni egallab olib jarima maydoniga kirib bordi va sovuqqonlik bilan darvozani ishg'ol qildi.

Eslatib o'tamiz, Odil "Karabax"ga qarshi o'tgan o'yinda ham gol urishga muvaffaq bo'lgandi.

Endi "Krasnodar" Rossiyaga qaytadi va uch kunlik xordiqdan so'ng yana Avstriyaga ikkinchi yig'inni o'tkazish uchun boradi.


Krasnodar – Seltik (Glazgo) – 1:3 (1:2)

Gollar:
Stouks, 2 (Van Diyk, 0:1), Odil Ahmedov, 20 (1:1), Yoxansen, 39 (1:2), MakGregor, 50 (Metyuz, 1:3).

Krasnodar (Rossiya): Dikan (Sinicin, 46), Endjeychik (Petrov, 59), Martynovich, Grankvist (Sigurdsson, 46), Kaleshin (Burmistrov, 59), Gazinskiy (Pomerko, 59), Adjindjal (Pereyra, 15, Shipicin, 59), Odil Ahmedov (Marchenko, 75), Bystrov (Markov, 59), Laborde (Joaozino, 46), Vanderson (Ari, 46).

Seltik (Glazgo, Shotlandiya): Zalushka (Fazan, 46), Lustig (Metyuz, 46), Van Diyk (O’Konnol, 46), Malgryu (Uotrers, 46), Kommons (Findley, 46), Yoxansen (MakGregor, 46), Braun (Kayal, 46), Tvardjik (Xenderson, 46), MakGaf (Pukki, 46), Byurrigter (Griffits, 46), Stouks (Atayich, 46).

Ogohlantirishlar: Bistrov, 59 – Byurrigter, 17, Kayal, 82.

Hakamlar: Draxta, Brandner, Shuttengruber (barchasi – Avstriya).

3 iyul. Avstriya. Bad Vimsbax. 800 tomoshabin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia