Rasmiy mashg'ulotlardan so'ng, "mikst hudud"da futbolchimizning o'yin oldi fikrlari bilan qiziqdik.
"Ko'rib turganingizdek, mashg'ulotlarda to'liq qatnashayapmiz. Jamoada barchaning sog'lig'i joyida. Shu jumladan mening ham. Birinchi o'yin oldidan barchada hayajon bo'ladi. Har holda to'rt yillikning eng muhim musobaqasi, birinchi o'yinda g'alaba qozonishimiz juda muhim", - deya gap boshladi Odil Ahmedov.
Mana uch kundirki terma jamoamiz KXDR terma jamoasini o'rganish bilan band. Jamoaning o'yinlar aks etgan ma'lumotlar asosida raqibga qarshi tayyorgarlik olib borilyapti. Bu jamoaning bugungi holati haqida "Krosnadar" futbolchisi shunday deydi:
- Asosan himoyaga e'tibor qaratadigan jamoa. Ammo bo'sh nuqtalari yo'q emas. Asosiy e'tiborni o'sha tomonlarga qaratgan holda, kichik imkoniyatlardan ham foydalana olishimiz kerak. Aniq bir futbolchini esa ajratib o'ta olmayman. Muhimi biz o'yinga tayyormiz.