Odil Ahmedov: "Futzal futboldan kuchliroq"

Оқил Абдубарноев
13 apr 2022
Xorazmda o'zbek futbolining 110 yillik bayrami haqida Odil Ahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Tadbir doirasida O'FA hamda xorazmliklar ishtirokida futzal bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. Unda Odil Ahmedov ham ishtirok etdi.


Xorazmdagi tadbirlar haqida

Avvalambor o'zbek futbolining 110 yillik bayrami bilan barcha o'zbek muxlislarni chin qalbimdan tabriklayman. Ushbu shodiyona doirasida har bir viloyatda tadbirlar o'tkazishni rejalashtirganmiz. Bugungi kunda Prezidentimiz ommaviy sportga katta e'tibor qaratmoqda. Shu munosabat bilan futbol va sanat yulduzlari bilan tashrif buyurib, shunday tadbirlar tashkil etmoqdamiz. O'ylaymanki, kelgusida bu ishlarning foydasi tegadi.

Faoliyatingizni yakunlaganingizdan so'ng yana O'zbekiston terma jamoasining libosini kiydingiz...

Bilasizmi, bu libosni echganim bilan u mening qon-qonimga singib ketgan. Shu bois, bu jarayon men uchun oddiy holat. Lekin bunday tadbirlarda to'p tepish ham insonga zavq bag'ishlaydi.

Siz katta futbolda tanilgansiz. Bugun esa futzalchi sifatida maydonga tushdingiz. Bulardan qay biri qiyinroq?

Futzal qiyinroq, chunki uning maydon kichik, bemalol dribling namoyish qilib, emin-erkin yugurishning imkoni yo'q. Shu bois, futzal qiyinroq deb bilaman.

Xorazm futbolining buguni va kelajagi haqida fikrlaringiz...

Bu haqda ko'p gapirildi. Xorazmdan Masharipov, Iskandarov singari ko'plab istedodlar yetishib chiqqan. Biroz e'tibor berilib, to'g'ri yo'nalishda ish olib borilsa, ushbu viloyatdan ham ko'pgina serqirra futbolchilar yetishib chiqadi deb o'ylayman.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia