Odil Ahmedov: "Bu men uchun katta mas'uliyat"

Narzulla Saydullayev
28 avg 2020, 10:19
Xabaringiz bor, kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga binoan O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Odil Ahmedov “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlanishi ma'lum qilindi.

Ushbu faxriy unvonga sazovor bo'lgan Milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- Davlatimiz rahbari meni ushbu faxriy unvon bilan taqdirlaganlarini eshitib, boshim osmonga etdi. Bizning mehnatimizni shunchalik yuqori qadrlaganlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Albatta, bu biz uchun katta mas'uliyat yuklaydi. Futbolchilik faoliyatimda yanada ko'p harakat qilib, yurtimiz dovrug'ini dunyoga keng yoyilishiga o'z hissamni qo'shishga doimo tayyorman.

Bo'lajak muhim uchrashuvlarda O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori sifatida muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

Shu fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!", - deydi O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi Odil Ahmedov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz