Odil Ahmedov: Anji muxlislari uchun ham o'ynadim

Narzulla Saydullayev
19 okt 2015
Krasnodar yarim himoyachisi Odil Ahmedov Anjiga qarshi o'yindan so'ng (2:2) o'z fikrlarini bildirdi.

– Menimcha o'yin chiroyli bo'ldi. Umid qilamanki, uchrashuv muxlislar yoqdi. Birinchi bo'limda Anji, ikkinchi bo'limda biz yaxshi o'ynadik. Yakunda hech kimga kerak bo'lmagan durang qayd etildi.

– Bir necha yillar davomida o'ynagan klub muxlislari qarshisida o'ynash og'irmi?
– Bu erda ajoyib yillarni o'tkazdim. Bazi muxlislar bilan hamon do'stona aloqadamiz. Bugun ular uchun ham o'ynadim.

– Bugungi Anji sizga yoqdimi?
– Ha, jamoa yaxshi o'ynamoqda va musobaqa jadvalining pasida yurishga loyiq emas. Jamoaga faqat omad tilayman, – deydi Ahmedov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sovsport.ru