OCHLda "Paxtakor"ning to'purari kimligini bilasizmi?

Mirjalol Normatov
8 fev 2019, 20:13
"Paxtakor" Osiyo klublari turnirlarida eng ko'p o'yin o'tkazgan O'zbekiston jamoasi sanaladi.

"Sherlar" orasida xalqaro uchrashuvlarda eng ko'p to'p kiritgan o'yinchilar ro'yxatiga nazar tashlasak, unda Leonid Koshelev va Zayniddin Tojievning peshqadamlik qilayotganini ko'rishimiz mumkin. Ular 12tadan golga mualliflik qilishgan. 

Shuhrat Maqsudov va Anvar Soliev hisobida 9tadan gol mavjud. Faoliyatini klubimizda davom ettirayotganlar orasida Igor Sergeev eng sermahsul futbolchi hisoblanadi. Igor raqiblar darvozasini 8 bor ishg'ol qilishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: pakhtakor.uz