OCHL. Yarim final. “Seul” uchun o'yinning endi birinchi taymi tugadi

Narzulla Saydullayev
26 sen 2013, 12:00
Osiyo chempionlar ligasining yarim finalidan o'rin olgan dastlabki bahsda J.Koreyaning “Seul” klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
“Istiqlol” bilan kechgan o'yindan so'ng koreyaliklar ustozi Choy Yong Su vazifa hali to'liq bajarilmaganini ma'lum qildi.

“Biz yaxshi natijaga erishdik, - deya aytib o'tdi mezbonlar ustozi. – Lekin vazifa hali to'liq bajarilmadi. Chunki safarda qiyin kechadigan javob bahsini o'tkazamiz. Shu bois g'alabadan havolanib ketmasdan javob o'yini xususida bosh qotirishimiz lozim. Agar “Istiqlol”ga tezkor futbol namoyish etish imkonini bermasak, final eshigi biz uchun ochilishiga shubha qilmayman”.

X.Xoliqov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia