OCHL. Yarim final raqamlari

Xayrulla Xoliqov
29 okt 2018, 11:56
Xabaringiz bor, o'tgan hafta OCHLda yarim final javob uchrashuvlari o'tkazildi.

Yarim final o'yinlarida ijobiy natija qayd etgan Eronning "Persepolis" hamda Yaponiyaning "Kashima Antlers" klublari OCHL finaliga yo'l olishdi. Shundan so'ng OFK veb-sayti yarim finalga oid bazi qiziqarli raqamlarni taqdim etdi.

81,350 – "Persepolis" - "Al Sadd" uchrashuvini "Ozodi" stadionida shuncha muxlis kuzatib bordi.


93 – Li Ki Je (23-raqam) 1/2 final o'yinlarida to'pga eng ko'p tekkan futbolchi bo'ldi.


62 – Ispaniyalik Xavi "Perseolis"ga qarshi bahsda eng ko'p aniq to'p uzatishni amalga oshirdi.


36 – "Suvon Samsung" hujumchisi Deyan Damyanovich OCHLdagi jami gollari sonini 36taga etkazib oldi.


13 – "Al Sadd" hujumchisi Bagdad Bunedja bu yilgi OCHLda mana shuncha gol urdi.


12 – Gen Shoji (chapda) "Suvon" bilan kechgan o'yinda shuncha marta to'pni raqib futbolchilaridan toza olib qo'ydi.


4 – "Kashima Antlers"ning braziliyalik hujumchisi Serjino ketma-ket to'rtta o'yinda gol urdi.


3 - "Persepolis" va "Kashima Antlers" OCHL finaliga chiqqan Eron va Yaponiyaning uchinchi klubi bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com