OCHL. Xavi Toshkentga kelmaydi, "Paxtakor"ning uchinchi raqibi - "Al Jazira"

9 fev 2016, 23:55
OCHL pley-off bosqichi doirasidagi "Al Jazira" - "Al Sadd" jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.


OCHL. Pley-off.

"Al Jazira" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar) 2:2 (penaltilar seriyasi: 5-4)

Gollar: H.Alsenhoji (22, 88), K.Jones (45), Mabhut (65).

Uchrashuvning asosiy vaqtiga kuchlar teng keldi. Keyinchalik g'olibni aniqlash uchun qo'shimcha taymlarga o'tildi. Yana 30 daqiqa davom etgan o'yinda hisob o'zgarmadi va jamoalar "lotoreya" orqali o'z omadlarini izlashdi.

Penaltilar seriyasida omad "Al Jazira" tarafda bo'ldi. Shuni alohida qayd etish kerakki, Xavi "Al Sadd"ning dastlabki penaltisini bajardi va uni muvaffaqiyatli amalga oshira olmadi. Yakunda esa bu qatarliklarga qimmatga tushdi.

Shunday qilib "Paxtakor" o'rin olgan "C" guruhining to'rtinchi jamoasi nomi ma'lum - "Al Jazira". Ushbu guruhda shuningdek yana "Traktorsozi" (Eron) va "Al Hilol" (SA) jamoalari bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia