OCHL. "Shahr Xodro" - "Paxtakor". O'yinni qaysi hakam boshqarib borishi ma'lum

Tolibjon Qosimov
22 sen 2020, 22:03
Ertaga, 23 sentyabr kuni OCHL G'arb mintaqasida 6-tur o'yinlariga start beriladi.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi oxirgi turni Eronning "Shahr Xodro" klubiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuvni kimlar boshqarib borishi ma'lum bo'ldi. Ertangi bahsni suriyalik Hanna Hattab boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurti Ali Ahmad hamda singapurlik Ronni Koh Minlar yordamlashishadi.

OCHL-2020

6-tur, "B" guruhi

"Shahr Xodro" - "Paxtakor"

Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)

Qanot hakamlari: Ali Ahmad (Suriya), Ronni Koh Min (Singapur)

Zaxira hakami: Masud Tufayeli (Suriya)

Nazoratchi: Ismoil Adnan (Iordaniya)


Eslatib o'tamiz, "Shahr Xodro" - "Paxtakor" uchrashuvi 23 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi. Bahs "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia