OCHL. "Persepolis" yarim final birinchi o'yinda g'alaba qozondi

Xayrulla Xoliqov
2 okt 2018, 22:33
Bugun Osiyo chempionlar ligasining 1/2 finalidan o'rin olgan dastlabki bahs bo'lib o'tdi.

Qatar poytaxti Dohada o'tkazilgan bahsda "Al Sadd" va "Persepolis" klublari o'zaro to'qnash kelishdi. Uchrashuv oxirgi daqiqalarga qadar teng kurashlar ostida kechdi va hisob 0:0 hisobida yakuniga etadigandek edi. 

Biroq 86-daqiqada mehmonlar hujumchisi Ali Alipur penaltidan to'p kiritib jamoasiga kichik hisobdagi g'alabani taqdim etdi. Endi 23 oktyabr kuni Tehronda javob bahsi bo'lib o'tadi.

OCHL-2018. 1/2 final. Dastlabki uchrashuv

"Al Sadd" (Qatar) - "Persepolis" (Eron) 0:1

Gol: Ali Alipur, 86. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com