OCHL. "Paxtakor"ning guruhidagi vaziyat haqida

Narzulla Saydullayev
18 may 2019, 14:49
"Paxtakor" Chempionlar Ligasi 6-turida 20 may kuni Saudiya Arabistonida "Al Ahli" jamoasi mehmoni bo'ladi.

"Sadd" hozircha nimchorak final yo'llanmasini hal etib bo'lgan. Ikkinchi yo'llanma uchun kurash "Al Ahli" va "Paxtakor" o'rtasida kechadi. Jiddada "Paxtakor" durangga erishgan taqdirda ham navbatdagi bosqich ishtirokchisiga aylanadi. Agar "sherlar" g'alaba qozonsa va "Sadd" Eronda mag'lubiyatga uchrasa, nimchorak finalga guruh peshqadami sifatida yo'llanmaga ega chiqamiz.

"Paxtakor" guruhda birinchi o'rinni egallasa, nimchorak finalda Qatarning "Duhayl", ikkinchi pog'onani qo'lga kiritgan taqdirda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga qarshi o'yinlar o'tkaziladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz