OCHL. "Paxtakor" guruh bosqichining ikki turidan so'ng O'zbekistonga muhim ochkolarni keltirdi

Alisher
19 fev 2020, 11:40
O'zbekistonlik taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o'zining Telergamdagi kanalida OCHL guruh bosqich dastlabki ikki turidan so'ng mamlakatlarga beriladigan kvota borasidagi vaziyatga to'xtalib o'tdi.

Chempionlar Ligasi va OFK Kubogi taqvimi o'rtasidagi nomutanosiblik sabab faqatgina g'arb mintaqasidagi holatga nazar tashlaymiz.

Aniqrog'i, klublarning CHLdagi ishtirokini va albatta g'arb mintaqasidagi mamlakat klublarining holati bilan tanishamiz. Sharqda koronavirus sabab deyarli yarim o'yinlar o'tkazilmayapti. 

Dastlabki ikki turdan so'ng reyting quyidagicha ko'rinish olgan:


1. O'zbekiston - 6,90

2. Saudiya Arabistoni - 5,60

3. Qatar - 4,25

4. Eron - 2,90

5. BAA - 1,85

6. Iroq - 1,30


Kutilganidek, "Paxtakor" ikki o'yinda g'alaba qozongan holda, O'zbekistonni peshqadamga aylantirdi. O'z o'rnida "Al Ayn" ikki o'yinda umuman ochko jamg'ara olmadi va bu BAAning reytingi tushishiga sabab bo'lmoqda.

Ayni paytdagi reyting mana shunday holatda:

1. Saudiya Arabistoni - 41,950

2. Qatar - 40,000

3. Eron - 33,250

4. O'zbekiston - 25,300

5. Iroq - 18,233

6. BAA - 17,583

7. Iordaniya - 16,067

8. Turkmaniston - 12,850

9. Livan - 11,367

10. Bangladesh - 8,567

11. Hindiston - 8,233

12. Tojikiston - 8,133

Ammo, bu reyting vaqtincha ekanligini unutmasligimiz lozim.


2021 yilning noyabrida Chempionlar Ligasi va OFK Kubogining 2023 va 2024 yilgi mavsumlari uchun kvotalar ajratiladi.

1-2-o'rinlar - OCHL: 3+1

3-4-o'rinlar - OCHL: 2+2

5-o'rin - OCHL: 1+2

6-o'rin - OCHL: 1+1, OFK kubogi: 1

7,8-9-o'rinlar - OCHL: 1 OFK Kubogi: 1

10-o'rin: OCHL: 1 OFK Kubogi: 1+1

11-12-o'rinlar: OCHL: 0+1 OFK Kubogi 1+1

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev