OCHL. "Paxtakor" - "Al Sadd" o'yiniga oid faktlar

Xayrulla Xoliqov
9 apr 2019, 13:37
Bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 3-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

"Paxtakor" o'z maydonida Toshkentga kelishdan oldin Qatar chempionligini qo'lga kiritgan "Al Sadd" klubini qabul qiladi. Uchrashuv 19:00da boshlanadi. Quyida ushbu o'yinga oid bazi faktlarni keltirib o'tamiz. 

- Har ikki jamoa bungacha ikki marta to'qnash kelgan. OCHL 2011 yilgi mavsumda jamoalar bitta guruhda bahs olib borishgan. Qatarda "Al Sadd" g'alaba qozongan va Toshkentda durang qayd etilgan. 

- "Paxtakor" OCHLda Qatar klublariga qarshi oxirgi 7ta o'yinidan faqat ikkitasida g'alabaga erishgan. Lekin jamoa o'z maydonida hali yutqazmagan. 

- "Paxtakor" shu paytgacha o'z uyida 44 marta o'ynagan bo'lib, shundan 27tasida zafar quchgan va 8 bor durang o'ynagan. "Paxtakor" o'z maydonida 2013 yildan beri mag'lub bo'lmayapti. 

- "Paxtakor" safidagi eng sermahsul futbolchi Jaloliddin Masharipov bo'lib turibdi. U shu mavsumning o'zida 9 bor dribling amalga oshirishib 10 marta xavfli vaziyat yaratdi. 

- Bugungi o'yinni himoyachi Egor Krimec sariq kartochkalar sabab o'tkazib yuboradi. 

- "Al Sadd" o'tgan turda "Persepolis"ni mag'lub etdi va bu ko'rsatkich jamoaning oxirgi beshta o'yinidagi ilk g'alabasi bo'ldi. "Al Sadd" bungacha ikki bor durang o'ynab, ikki marta yutqazib qo'ygandi. 

- "Al Sadd" hujumchisi Bagdad Bunedja o'tgan yilgi OCHL eng yaxshi to'purari hisoblanadi. U 13ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

- "Al Sadd"ning "Paxtakor"ga qarshi oxirgi o'yini 1:1 hisobida yakun topgan (2011 yil). 

- Qatar klubi sardori Hassan Al Haydos bungacha o'tkazilgan ikkita o'yinda 10 bor xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi. Bu eng yaxshi ko'rsatkichlardan biri bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia