OCHL. Nimchorak finalning ikkita bahsi o'tkazildi

Eldor Akmurzayev
18 iyun 2019, 22:40
Osiyo chempionlar ligasining 1/8 finaliga start berildi.

Bugun mazkur bosqich doirasida Sharqiy mintaqada ikkita bahs bo'lib o'tdi. Uchrashuvlarning ikkalasida ham mezbonlarning qo'li baland keldi. 

Yaponiyaning Kashima Antlers klubi braziliyalik legioner Serjinoning yagona goli evaziga "Xirosima"dan (Yaponiya) ustun keldi. Qayd etish joizki, ushbu to'qnashuvni o'zbekistonlik hakam Aziz Asimov boshqardi.

Guangjou Evergrand (Xitoy) - Shandong Luneng (Xitoy) o'yinida esa avtogol o'yin masalasini (2:1) hal etdi.


Kashima Antlers (Yaponiya) - Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) – 1:0

Kashima o'yingohi.

Gol: 24 – Serjino 1:0.


Guangjou Evergrand (Xitoy) - Shandong Luneng (Xitoy) – 2:1

Tyanxe stadioni.

Gollar: 35 – Shixao 1:0, 66 – Jang Chi 1:1, 80 – Zeng (avt.) 2:1.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia