

Shu tariqa, "ajdarlar" ushbu musobaqada ilk bor Saudiya Arabistoni klubini mag'lub etishdi. Qizig'i "Nasaf" bugungacha ushbu mamlakatning faqat bitta klubiga qarshi 3 bor maydonga tushgandi.
2015 yilgi mavsumda “Al Ahli” klubiga qarshi o'tgan safardagi bahsda “ajdarlar” 1:2 hisobida yutqazishgan. Qarshidagi uchrashuvda esa hisob ochilmay qolgandi – 0:0.
Bu yil 1-turda Jiddada "Al Ahli" 2:1 hisobida zafar quchdi.
Bugun esa "Nasaf" Bobir Abdixoliqov va Maqsud Karimovning gollariga evao'iga o'z maydonida "Al Ahli"dan 2:1 hisobida ustun keldi.



