OCHL. "Nasaf" "Al Sadd"ga qarshi tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
22 apr 2022, 11:47
Ertaga "Nasaf" klubi OCHL 5-turi doirasida "Al Sadd"ga qarshi o'yin o'tkazadi.

"Al Faysali"ga qarshi o'yindan keyin o'yinchilarga bir kun dam berilgan edi. Kecha "ajdarlar" Ro'ziqul Berdiev boshchiligida "Al Sadd"ga qarshi tayyorgarlikni boshlashdi.

Engil jarohat sabab Shahzod Akramov mashg'ulotda individual tarzda shug'ullangan bo'lsa, G'olib G'aybullaev asta-sekin umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Mashg'ulotni murabbiylar turli qiziqarli o'yinlar bilan olib borishdi. A'lo kayfiyatda o'tgan mashg'ulotdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin 


 

OCHL. "Nasaf" a'lo kayfiyatda "Al Sadd"ga qarshi tayyorgarlikni boshladi FOTOGALEREYA        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia