OCHL. Marchello Lippi: “Hali keyingi bosqichga chiqqanimiz yo'q”

Narzulla Saydullayev
22 avg 2013, 14:23
Xitoyning “Guangjou Evergrand” jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi garchi shogirdlari “Laxviya” ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lishsa-da, hali hech narsa hal bo'lmaganini ma'lum qildi.
“Biz butun o'yinni juda yaxshi saviyada o'tkazdik”, - deya aytib o'tdi italiyalik mutaxassis o'yindan so'ng.  “Shogirdlarimda ko'plab imkoniyat yuzaga kelishiga qaramasdan faqat ikkita gol urdik. Men g'alabadan xursandman, lekin oldinda javob bahsi bor va yarim finalga chiqishimiz uchun Qatarda ham o'zimizni ko'rsatishga to'g'ri keladi. Agar keyingi bosqichga chiqsak, “Kashiva Reysol” – “Al Shabab” juftligi g'olibi bilan o'ynaymiz. Biz uchun chempionlar ligasi juda muhim musobaqa, unda g'olib chiqishni xohlaymiz”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-afc.com