OCHL. "Lokomotiv" raqibi murabbiysiz qoldi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2019, 16:27
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Ittihod" - "Ar Rayan" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Qatarning "Ar Rayan" klubi 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu mag'lubiyatdan keyin rahbariyat turkiyalik murabbiy Byulent Uygunni iste'foga chiqardi. Bundan oldin, 27 fevral kuni "Ar Rayan" Qatar chempionatida "Al Shahaniya"ga 0:3 hisobida yutqazib qo'ygan edi. 

Eslatib o'tamiz, 11 mart kuni OCHL 2-turi doirasida "Ar Rayan" klubi o'z maydonida "Lokomotiv" klubini qabul qiladi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia