

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi 6-turda o'z maydonida "Al Nasr"ni mag'lub etsa guruhni peshqadam sifatida yakunlaydi va nimchorak finalga yo'l oladi.
"Paxtakor" esa o'z guruhidagi oxirgi o'yinni "Al Jazira"ga qarshi o'tkazishadi. Toshkentda bo'ladigan o'yinni "sherlar" g'alaba bilan yakunlashsa va "Traktorsozi" "Al Hilol"ga qarshi o'yinda raqibiga yutqazmasa, unda "Paxtakor" guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritadi.
Agarda voqealar rivoji shu ro'sinda ketsa, unda OCHL nimchorak finalida "Lokomotiv" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi bellashuvni tomosha qilishmiz mumkin bo'ladi.
"A" guruhida birinchi o'rinni olgan jamoa "C" guruhining ikkinchi jamoasi bilan kuch sinashadi.



