OCHL. "Lokomotiv" - eng yirik g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2015, 15:30
Kecha Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Sadd" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent klubi 5:0 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, "temiryo'lchilar" OCHL guruh bosqichida mamlakatimiz klublari orasida eng yirik g'alabaga erishishdi. Farg'onaning "Neftchi" klubi 2002-2003 yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi pley-offida Yamanning "Al Ahli" klubi ustidan 6:0 hisobida zafar quchgan. Guruh bosqichida esa hozirga qadar hech bir klubimiz raqib ustidan 5ta to'p farqi bilan g'olib chiqmagan.

"Paxtakor" va "Bunyodkor" klublarining musobaqadagi eng yirik g'alabalari 5:1 hisobi bo'lib turgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia