OCHL. “Istiqlol” 1/8 finalning ilk o'yinida zafar quchdi

Aslanov Jasurbek
22 may 2017, 23:58
Osiyo Chempionlar ligasida nimchorak final bosqichining ilk uchrashuvlari o'tkazilmoqda.

Hozirgina bugunga belgilangan o'yinlardan dastlabkisi yakunlandi. Unda Eronning “Istiqlol” jamoasi o'z maydonida BAAning “Al Ayn” klubini qabul qilib, kichik hisobda zafar quchdi.

O'yindagi yagona gol asosiy vaqtga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada penaltidan kiritildi. Kaveh Rizoi 11 metrli nuqtadan adashmadi va jamoasiga javob uchrashuvi oldidan kichik ustunlikni taqdim etdi. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif