OCHL. Islom To'xtaxo'jaev "Al Hilol"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
8 apr 2015, 17:02
OCHL 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Sadd" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

O'yinning 28-daqiqasida bosh hakam "temiryo'lchilar" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaevga sariq kartochka ko'rsatdi. 

Ogohlantirishlari soni ikkitaga etgani bois To'xtaxo'jaev keyingi turda "Al Hilol"ga qarshi Toshkentdagi bahsni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi. 

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Al Hilol" uchrashuvi 21 aprel kuni Toshkentda bo'lib o'tadi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia