OCHL. Ilgiz Tantashev Yaponiyadagi o'yinni boshqardi

Xayrulla Xoliqov
4 apr 2018, 11:47
Kecha Osiyo chempionlar ligasining 5-turidan o'rin olgan 8ta uchrashuv o'tkazildi.

Yaponiyaning "Serezo Osaka" va Janubiy Koreyaning "Jeju Yunayted" klublari o'rtasida kechgan bahsni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

O'yinni bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev boshqardi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko bilan Timur Gaynulin yordam berishdi. Qirg'izistonlik Timur Fayzullin esa to'rtinchi hakam vazifasini bajardi. 

Uchrashuvda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchishdi. Tantashev o'yin davomida ikki bor sariq kartochka ko'rsatdi. Hech kimga "qizil" bermadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia